Datagro Braziliyaning 2023/24-yilgi mavsumdagi soya hosilini prognoz qildi:
Datagro Braziliyaning 2023/24-yilgi mavsumdagi soya hosili 156,57 million tonnani tashkil etishini prognoz qildi. Bu oktyabr oyida berilgan bahodan 4,4 foizga kam, bunga mamlakatning markaziy qismidagi ob-havo bilan bog‘liq muammolar sabab bo‘lgan. Agar tasdiqlansa, bu hosil 2022/23-yilgi mavsumdagi 157,2 million tonnalik rekord ko‘rsatkichdan 0,4 foizga kam bo‘ladi. Datagro kompaniyasining iqtisodchisi va tadqiqot guruhi rahbari ma’lum qilishicha, hozircha bu dastlabki raqamlar bo‘lib, kelgusi so‘rovlar davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. Uchinchi mavsumiy so‘rovda Datagro Braziliyaning 2023/24-yilgi mavsumdagi soya ekin maydoni 45,36 million gektarni tashkil etishini, bu avvalgi mavsumlarga nisbatan 1,5 foizga ko‘p ekanini ma’lum qildi. Shuningdek, moyli ekin maydonlari ketma-ket 17-yil kengayayotgani tasdiqlandi. Biroq beqaror iqlim sharoiti tufayli o‘rtacha hosildorlik istiqboli pasaytirildi va ob-havo qanday kechishiga qarab u yana kamayishi mumkin, deya ma’lum qildi Datagro.