#Educational_Post

DAI — stabilkoin sifatida tasniflanadigan kriptovalyuta. U o‘z qiymatini AQSh dollariga nisbatan 1:1 nisbatda barqaror saqlashni maqsad qilgan. Uning qiymatini tartibga soluvchi o‘zining markazlashmagan boshqaruv tashkiloti — MakerDAO bor. U kompaniyadan markazlashmagan avtonom tashkilotga (DAO) muvaffaqiyatli o‘tgan ilk loyihalardan biri edi.

Foydalanuvchilar token yaratish uchun bloklangan garovdan foydalanadigan Maker Protocol tizimi orqali DAI ishlab chiqarishlari mumkin. Ular boshqa kriptovalyutalarni garov sifatida qo‘yishlari yoki Coinbase kabi kriptovalyuta birjalarida an’anaviy fiat valyutalariga DAI sotib olishlari mumkin.

DAI nimasi bilan farq qiladi?

O‘z-o‘zidan bajariladigan aqlli shartnomalar tizimi DAI narxini mustaqil ravishda nazorat qiladi. Agar DAI narxi AQSH dollaridan farq qilsa, MakerDAO algoritmlari DAI narxini barqarorlashtirish uchun tokenlarni yaratadi yoki muomaladan chiqaradi.

Natijada, DAI barqarorligi birgina tomonga bog‘liq emas. Samarali algoritm token egalari uchun foydali, chunki tokenlarning muomaladan chiqarilishi mavjud tokenlar qiymatini oshiradi. Bu tizim DAI qiymatini olti yildan ortiq vaqt davomida nisbatan barqaror saqlab kelmoqda.

DAI qanday ishlaydi?

DAI qiymati uni ta’minlab turadigan garov aktivlari tufayli nisbatan barqaror bo‘lib qoladi. Har 1 dollarlik DAI ortida 1 dollardan ortiq qiymatdagi boshqa kriptovalyutalar mavjud. Natijada, DAI o‘z qiymatini saqlab qoladi. Boshqa kriptovalyutalar DAI qiymatini AQSH dollariga nisbatan barqaror saqlash uchun garov vazifasini bajaradi. DAI garov sifatida Ethereum (ETH) va Ethereum asosidagi boshqa kriptovalyutalardan hamda Ethereum blokcheynidagi aqlli shartnomalardan foydalanadi.

#Binance #BTC #crypto2023 #BNB