✍ AQSh Qishloq xo‘jaligi vazirligining (USDA) Xanoydagi vakolatxonasi 2023/24-yilgi mavsumda Vetnamning qahva zaxirasi bo‘yicha prognozini 60 kilogrammlik 28,6 million qopgacha tushirdi. Bu avvalgi hisobot va 2022/23-yilgi mavsumdagi ko‘rsatkichlardan mos ravishda 14,9% va 8,7% kam. Jumladan, qahva ishlab chiqarish may oyidagi hisobotda qayd etilgan 31,3 million qopdan so‘nggi hisobotda 27,5 million qopgacha, ya’ni 12,1% ga kamaydi. Mavsum boshidagi qahva zaxirasi ham 5 baravardan ko‘proq kamayib, 339 ming qopni tashkil etdi.
- USDA ob-havoning o‘zgarishi va El-Nino hodisasi qahva daraxtlarining qulay sharoitlarda o‘sishiga to‘sqinlik qilib, ishlab chiqarish pasayishiga olib kelganini ta’kidlamoqda. Shu bilan birga, taklif tanqisligi sababli 2022/23-yilgi mavsumda eksport uchun zaxiralardan foydalanilgani 2023/24-yilgi mavsum boshida omborlardagi mahsulot miqdorining past darajagacha tushishiga sabab bo‘ldi. Ishlab chiqarishning kamayishi tufayli USDA yangi mavsumda qahva donlari eksporti prognozini 23 million qopgacha tushirdi. Bu avvalgi hisobot va 2022/23-yilgi mavsumdagi ko‘rsatkichlardan mos ravishda 6,1% va 9,4% kam.