Ta’lim maqolasi
Harakatlanuvchi o‘rtacha (MA)
MA — yoki «oddiy harakatlanuvchi o‘rtacha» (SMA) — qisqa muddatli narx sakrashlari ta’sirisiz joriy narx trendining yo‘nalishini aniqlash uchun ishlatiladigan indikatordir. MA indikatori moliyaviy instrument narxining belgilangan vaqt oralig‘idagi qiymatlarini jamlaydi va bitta trend chizig‘ini hosil qilish uchun bu yig‘indini ma’lumotlar nuqtalari soniga bo‘ladi.
Foydalaniladigan ma’lumotlar MA davriga bog‘liq. Masalan, 200 kunlik MA uchun 200 kunlik ma’lumot kerak bo‘ladi. MA indikatoridan foydalanib, qo‘llab-quvvatlash va qarshilik darajalarini o‘rganishingiz hamda narxning avvalgi harakatlarini (bozor tarixini) ko‘rishingiz mumkin. Bu esa kelajakda yuz berishi mumkin bo‘lgan holatlarni ham aniqlash imkonini beradi.