Kriptovalyuta olamida CeFi va DeFi o‘rtasidagi kurash avjida. Gonkongda Web3 konferensiyasida qatnashayotgan Binance bosh direktori Changpeng Zhao bu mavzuga befarq qolmadi.

Binance bosh direktori fikricha: “CeFi DeFi’ga qarshi emas. DeFi ham hech kimga qarshi bo‘lmasligi kerak.

To‘liq markazlashmagan makonda har kim o‘z manfaatini ko‘zlaydi. Loyihalar va tashabbuslarni yo‘lga qo‘yganingizda, bu markazlashuv hisoblanadi. Markazlashmagan makon ichida ham doimo markazlashuv o‘choqlari bo‘ladi.”

Shunday qilib, “CeFi va DeFi turli xavf va xavfsizlik xususiyatlariga ega. Ulardan biri boshqasidan yaxshiroq degan bir tomonlama qarashda bo‘lmasligimiz kerak.”