Ma’rifiy post
Qo‘llab-quvvatlash va qarshilik nima?

«Qo‘llab-quvvatlash va qarshilik» savdoda eng keng qo‘llaniladigan tushunchalardan biridir.
Ajablanarlisi shundaki, qo‘llab-quvvatlash va qarshilik darajalarini qanday o‘lchash kerakligi haqida har kimning o‘z qarashi bor.
Avval asosiy tushunchalarni ko‘rib chiqaylik.
Yuqoridagi diagrammaga qarang. Ko‘rib turganingizdek, bu zigzag shaklidagi harakat yuqoriga ko‘tarilmoqda («buqa bozori»).
Narx ko‘tarilib, keyin pasayganda, pasayishdan oldin erishilgan eng yuqori nuqta endi qarshilik darajasi hisoblanadi.
Qarshilik darajalari sotuvchilar taklifi ortiqcha bo‘ladigan nuqtalarni ko‘rsatadi.
Narx yana ko‘tarilishda davom etganda, uning ortga qaytishidan oldin yetgan eng past nuqtasi endi qo‘llab-quvvatlash darajasi bo‘ladi.
Qo‘llab-quvvatlash darajalari xaridorlar ko‘pligi kuzatiladigan nuqtalarni ko‘rsatadi.
Shu tariqa, vaqt o‘tishi bilan narx ko‘tarilib-tushgani sari qarshilik va qo‘llab-quvvatlash darajalari muntazam ravishda shakllanadi.
Pasayish tendensiyasida esa buning aksi kuzatiladi.
Eng sodda qilib aytganda, qo‘llab-quvvatlash va qarshilik darajalarida odatda quyidagicha savdo qilinadi:
“Qaytish” bo‘yicha savdo qilish
Narx qo‘llab-quvvatlash darajasiga tomon tushganda sotib oling.
Narx qarshilik darajasiga tomon ko‘tarilganda soting.
“Darajani yorib o‘tish” bo‘yicha savdo qilish
Narx qarshilik darajasini yuqoriga yorib o‘tganda sotib oling.
Narx qo‘llab-quvvatlash darajasini pastga yorib o‘tganda soting.
“Qaytish” va “darajani yorib o‘tish” deysizmi? Bu nimasi? Biroz chalkashib qolgan bo‘lsangiz, xavotir olmang — bu tushunchalarni keyinroq batafsil ko‘rib chiqamiz.