
Milliarder Ilon Mask oilasining zumrad koni bilan aloqalari haqidagi internetdagi mish-mishni isbotlay olgan kishiga bir million Dogecoin berishni taklif qildi.
Mask qariyb 300 milliard dollarlik boyligi bilan dunyoning eng badavlat kishilaridan biri, ammo Janubiy Afrikada tug‘ilgan biznesmen oilasiga tegishli zumrad konidan orttirilgan avlodiy boylik uni qo‘llab-quvvatlagani haqidagi mish-mishlarga qarshi turishga majbur bo‘ldi.
Twitter egasi Pretoriyada yuqori o‘rta sinf oilasida tug‘ilgan, biroq ayrim OAV avvalroq uning otasi Errol Zambiyadagi kon ulushiga ega bo‘lganini da’vo qilgan.
Twitter’dagi mish-mish haqida gapirar ekan, Dogecoin’da UX/UI va grafik dizayner bo‘lib ishlashini da’vo qilgan foydalanuvchi shunday yozdi: “Ilon Mask hech qachon zumrad koniga egalik qilmagan. Yolg‘on ma’lumot tarqatayotgan barcha OAVlarga 69.420 Doge taklif qilaman. Uning mavjudligiga dalil yuboring va Doge’laringizni oling.”
Mask tvitga javoban shunday deb yozdi: “Bu kon mavjudligiga dalil keltirgan kishiga bir million Dogecoin to‘layman!”
Yozilayotgan paytda Dogecoin kriptovalyutasining bir millioni taxminan 71 500 funt sterlingga teng edi.
https://twitter.com/cb_doge/status/1646262772001562624?ref_src=twsrc%5Etfw%7Ctwcamp%5Etweetembed%7Ctwterm%5E1646262772001562624%7Ctwgr%5Ee398155be8dc5b44a9b5bc39155d3604a567f931%7Ctwcon%5Es1_c10&ref_url=https%3A%2F%2Fd-10559173021596418883.ampproject.net%2F2304062309000%2Fframe.html