
Bitcoin (BTC) paydo bo‘lganidan so‘ng, odamlar uning asosidagi blokcheyn texnologiyasidan boshqa maqsadlarda ham foydalanish mumkinligini anglay boshladilar. Bu Ethereum (ETH)ning paydo bo‘lishiga olib keldi va uni markazlashmagan moliyaning (DeFi) yetakchi aktiviga kuchli raqobatchiga aylantirdi. Vaqt o‘tishi bilan Bitcoinning ikkinchi o‘rindagi mavqeini egallashga tahdid soluvchi boshqa tarmoqlar va kriptovalyutalar ham paydo bo‘ldi.
Shu nuqtai nazardan, bozor kapitallashuvi bo‘yicha ikkinchi yirik kriptoaktivga raqobat tug‘dirayotgani, shuningdek, kripto bozoridagi eng mashhur ikkinchi aktiv sifatida Ethereum tangasining o‘rnini egallashi mumkinligi haqidagi taxminlar tufayli «Ethereum qotillari» bo‘lishi mumkin deb ajralib turgan bir nechta raqamli aktivlar mavjud.
Solana (SOL)
Solana (SOL) Ethereumning ustunligiga kuchli da’vogar sifatida maydonga chiqdi. Bunga uning gaz to‘lovlari pastligi va tranzaksiyalarni qayta ishlash tezligi yuqoriligi (Ethereum tarmoq yangilanishlari bilan bu borada yetib olmoqda), shuningdek, Proof-of-History (PoH) konsensus mexanizmini boshqa an’anaviyroq algoritmlar bilan birga qo‘llashi sabab bo‘ldi.
Hozirda Solana 24,04 dollardan sotilmoqda. So‘nggi 24 soatda narxi 1,35% ga, avvalgi yetti kunda esa 14,59% ga oshdi. Bunga tarmoqdagi saqlash xarajatlarini kamaytirishga va’da beruvchi yangi yechimni e’lon qilgani ham turtki bo‘ldi. 13-aprel kuni olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Solana oylik grafikda ham 18% ga, yil boshidan buyon esa 142,31% ga qimmatlashdi.
Polkadot (DOT)
O‘zini “Layer 0 blokcheyni” deb ta’riflaydigan Polkadot (DOT) yaqinda blokcheynlararo aloqa platformasi “Polkadot Converse” uchun tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish arizasini topshirdi. Shuningdek, C++ tilida yozilgan Polkadot Host dasturiy tatbiqi Kagome 0.9.0 bilan ekotizimini yangiladi.
Matn yozilayotgan paytda uning narxi 6,42 dollarni tashkil etdi: so‘nggi 24 soatda 2%, avvalgi haftada 0,26%, oylik grafikda esa 5,21% ga oshdi. Joriy yil boshidan buyon (YTD) Polkadot qiymati 46,73% ga ko‘tarildi, buni so‘nggi grafiklar ham ko‘rsatmoqda.
Avalanche (AVAX)
Ethereum kabi yana bir Proof-of-Stake (PoS) ekotizimi bo‘lgan Avalanche (AVAX) o‘zaro ishlay oladigan uchta blokcheynni birlashtirib, kengayuvchanlikni oshiradi. 6-aprel kuni jamoa protokolning test tarmog‘ida Cortina yangilanishini ishga tushirdi. U boshqa afzalliklar qatorida Avalanche’ning X-Chain tarmog‘i kripto birjalarini yaxshiroq qo‘llab-quvvatlashi va ishlab chiqish jarayonining tezlashishini va’da qilmoqda.
Hozirda Avalanche 28,54 dollardan sotilmoqda. Bu so‘nggi 24 soatda 2,38% ga, hafta davomida 3,03% ga va avvalgi oyda 12,59% ga qimmatlashganini ko‘rsatadi. Yanvarning 1-kunidan buyon esa uning qiymati 69,89% ga oshdi.
Polygon (MATIC)
Ethereum blokcheynidan foydalanadigan Layer 2 kengaytirish yechimi Polygon (MATIC) mart oyida o‘yinlar bilan bog‘liq faollikning keskin oshishiga guvoh bo‘ldi. DappRadar hisobotiga ko‘ra, shu tariqa u WAX (WAXP) dan keyin ikkinchi yirik o‘yin blokcheyniga aylandi.
Hozirda Polygon 1,12 dollardan sotilmoqda. So‘nggi bir kunda 2,35% ga qimmatlashgan bo‘lsa-da, avvalgi haftada 2,04% ga va oxirgi 30 kunda 6,16% ga arzonladi. Biroq bu yo‘qotishlar yil boshidan buyon (YTD) qayd etilgan 46,69% o‘sish bilan qoplanadi
Tezos (XTZ)
O‘zini yangilay oladigan va energiya tejamkor PoS blokcheyni bo‘lgan, shuningdek Liquid Proof-of-Stake (LPOS) mexanizmini qo‘llaydigan Tezos (XTZ) bu yil ham bir qator ijobiy yangiliklarga ega bo‘ldi. Avval Google Cloud bilan hamkorlikni e’lon qildi, so‘ngra hozirgacha eng muhim yangilanishlaridan biri bo‘lgan Mumbai protokolini taqdim etdi. U Tezosning raqobatchilaridan o‘zib ketishiga yordam berishi kutilmoqda.
Ayni paytda Tezos narxining so‘nggi kunlardagi grafigi biroz beqaror bo‘ldi. Matn yozilayotgan paytda narxi 1,11 dollarni tashkil etib, kun davomida 0,53% ga ko‘tarildi, biroq so‘nggi yetti kunda 2,85% ga pasaydi. Oylik grafikda esa Tezos 1,30% ga qimmatlashdi; bu 2023-yildagi umumiy o‘sishni 52,54% ga yetkazdi.