Yangi investorlar eng ko‘p beradigan savollardan biri — “qaysi kriptovalyutalarni sotib olishim kerak?”, chunki ular 100 dollar tikib, bir kechada minglab dollar ishlab olishni xohlashadi.

Bu savolning javobi shuki, yomon qarorlar tufayli investitsiyalaringizni yo‘qotmaslik uchun mustaqil izlanish olib borishni o‘rganishingiz kerak.

Mustaqil izlanishlar olib borishda yaxshiroq qarorlar qabul qilishingizga yordam beradigan bir nechta maslahat:

Ijtimoiy tarmoqlarda odamlar ko‘klarga ko‘tarib, ko‘p gapirayotgan kriptovalyutalarni sotib olishdan saqlaning. Bunday katta va’dalar ko‘pincha haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Yangiliklar bozorni harakatga keltiruvchi ko‘rsatkichlardan biri ekanini tushungan kriptoinvestorlar kriptoaktiv haqidagi yangiliklar va maqolalarga asoslanib, ehtimoliy natijani oldindan taxmin qilishlari mumkin.