🛑 Bitta xato omonatingizdan ayrilishingizga sabab bo‘lishiga yo‘l qo‘ymang.

📛 Kripto firibgarliklari yillardan beri mavjud, hatto millionerlar ham ularning qurboniga aylangan.

⬇️ Sizni himoya qilish uchun eng keng tarqalgan firibgarlik turlarini keltiramiz

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, xakerlar o‘tgan yili qariyb 5 milliard dollarlik kriptovalyutani o‘g‘irlashgan.

So‘nggi paytlarda firibgarlarning ishtahasi ochilib, firibgarliklar keskin ko‘paydi.

Eng keng tarqalgan firibgarlik turlari ro‘yxati 👇

1️⃣ Manzilni soxtalashtirish hujumi

Firibgarlar aqlli shartnomalarni o‘zgartirib, sizni tokenlarni avvalgisiga o‘xshash manzilga yuborishga majbur qiladi.

Ular siz haqiqiyligini tekshirmaysiz va mablag‘ni ularning hamyoniga yuborasiz deb umid qilishadi. Ba’zi hamyon ilovalari hatto firibgarning manzilini sizga taklif qilishi mumkin.

Bu firibgarlikning ikki xil usuli bor:

• Tokenlaringiz kelgan manzilga o‘xshash manzildan bo‘sh tranzaksiya yuborish.

• Hamyoningiz bo‘sh tranzaksiya yuborgandek qilib, aqlli shartnoma orqali tranzaksiya yaratish. Eng ko‘p ishlatiladigan tarmoqlar: BNB, Polygon, Tron.

2️⃣ Xavfli imzo

Saytga kirishda foydalanuvchilardan xabarga imzo qo‘yish so‘raladi.

Metamask bu haqda ogohlantirsa-da, e’tiborsiz foydalanuvchilarning ba’zilari baribir imzo qo‘yadi. Natijada ularning tranzaksiyasi barcha ETH bilan birga firibgarning manziliga yuboriladi.

Imzo qo‘yishning bir necha usuli bor:

• personal_sign

• eth_sign

Metamask faqat eth_sign uchun ogohlantiradi. Avval xeshga, keyin xabarga imzo qo‘yadi va "x19Ethereum Signed Message:n" qismini olib tashlaydi.

Personal_sign avval xabarga, keyin xeshga imzo qo‘yadi.

3️⃣Tokenlarga ruxsat berish

Shartnomaga tokenlardan foydalanish uchun ruxsat berish firibgarlarga hamyoningizdagi tokenlarni xohlagancha sarflash huquqini berishini yodda tutish muhim.

Ko‘pchilik qo‘shimcha tasdiqlash kerak deb o‘ylaydi, ammo unday emas — ruxsatning o‘zi kifoya.

Noma’lum shartnomaga adashib ruxsat bersangiz, tokenlaringizni yo‘qotishingiz mumkin.

Tokenlaringizni saqlab qolmoqchi bo‘lsangiz, Revoke Cash eng yaxshi tanlovdir. Ikkilanmang, tez harakat qiling va yo‘qotishlarning oldini olish uchun shubhali barcha tasdiqlarni bekor qiling.

4️⃣ Xavfsizlik yangilanishi

Agar bu imzo tasdiqlansa, hamyoningizni yo‘qotilgan deb hisoblang.

Shartnoma hamyondagi barcha etherlarni avtomatik ravishda yuboradi va tranzaksiyalarni amalga oshirish uchun mablag‘ingiz yetarli bo‘lmaydi.

Afsuski, bunday vaziyatda hech narsa qila olmaysiz.

5️⃣ Seaport firibgar imzosi

Bu turdagi imzo OpenSea’da tasdiqlangan barcha NFT’laringizni yo‘qotishingizga olib kelishi mumkin.

Agar tasodifan shunday narsaga imzo qo‘ysangiz, etherscan yoki revoke cash orqali imzoni darhol bekor qilishingiz kerak

Ta’sirning oldini olish uchun:

Shubhali barcha ruxsatlarni bekor qiling.

Ochiq ruxsatlar bo‘lmasa, firibgarlar mablag‘laringizni o‘g‘irlay olmaydi. Muntazam tekshirib turing va keraksiz ruxsatlarni, ayniqsa eski Opensea ruxsatlarini (revoke cash’da OpenSea (old) deb ko‘rsatiladi) olib tashlang.

6️⃣ Yangilash.

Bu Seaport’ga o‘xshash imzo bo‘lib, faqat eski OpenSea Wyvern Exchange v2 (old) shartnomasiga ruxsat beradi; revoke cash orqali bekor qilinadi (revoke cash’da ham OpenSea (old) deb ko‘rsatiladi).

7️⃣Firibgar havolalar, mablag‘ni bo‘shatuvchi dasturlar, zararli dasturlar.

• Firibgar havolalar, mablag‘ni bo‘shatuvchi dasturlar, zararli dasturlar va honeypotlardan ehtiyot bo‘ling.

• Ochayotgan yoki yuklab olayotgan har qanday narsani doimo sinchiklab tekshiring.

• Moliyaviy xavfsizligingizni oshirish uchun internetdan foydalanganda ichki hamyon o‘rnatilmagan brauzerdan foydalaning.

twitter.com/wacy_time1