Likvidlik hubi Ripple’ning talab bo‘yicha likvidlik deb ataluvchi mashhur transchegaraviy to‘lovlar xizmatiga qo‘shimcha ravishda bizneslar uchun likvidlik jamg‘armasini taklif etishni maqsad qiladi.

Fintech kompaniyasi Ripple kripto va fiat valyutalar o‘rtasidagi tafovutni bartaraf etish uchun bizneslarga mo‘ljallangan likvidlik yechimini ishga tushirdi. Ripple Likvidlik hubi o‘tgan yili muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgach, 13-aprel kuni ishga tushirildi.

Xizmat Ripple’ning talab bo‘yicha likvidlik (ODL) deb ataluvchi mashhur transchegaraviy to‘lovlar xizmatiga qo‘shimcha, mustaqil yechim sifatida ishlaydi. Shu tariqa u hamkorlariga butun dunyo bo‘ylab to‘lov infratuzilmalaridan foydalanish imkonini beruvchi global likvidlik tarmog‘iga aylanadi.

Likvidlik markazi turli market-meykerlar, jumladan kripto birjalar va birjadan tashqari savdo platformalarining raqamli aktivlarini taklif qilish uchun korxonalar nuqtayi nazaridan ishlab chiqilgan. Korxona hamkoriga likvidlik kerak bo‘lganda, u AQSh dollari, Bitcoin, Litecoin, Ethereum Classic va boshqa aktivlarni o‘z ichiga olgan yirik va likvidlikka boy jamg‘armalardan likvidlik olishi mumkin

Qizig‘i shundaki, mahsulot ishga tushirilishi haqidagi e’londa Ripple chiqargan XRP kripto tokeni tilga olinmagan. XRP fintech kompaniyasi taklif qiladigan aksariyat likvidlik mahsulotlari va xizmatlarida, ayniqsa transchegaraviy likvidlik xizmatlarida muhim o‘rin tutgan. Biroq XRP kompaniyaning sinov bosqichida raqamli aktivlar qatorida tilga olingan edi.

Likvidlik juftliklari qatorida XRP yo‘qligini kompaniyaning AQShda Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasi bilan davom etayotgan sud mojarosi bilan izohlash mumkin.

Ripple o‘zining likvidlik yechimi katta hajmdagi tranzaksiyalar uchun operatsion xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirishini ta’kidladi. Bunga aktivlar juftliklari bo‘yicha kriptovalyuta narxlari va likvidlikni optimallashtirish orqali erishiladi.

Likvidlik markazi likvidlik olish yoki tranzaksiyalarni amalga oshirish uchun kapital pozitsiyalarini oldindan moliyalashtirish zaruratini bartaraf etadi. Likvidlik xizmati tashkilotlarga raqamli aktivlardan bir joyning o‘zida foydalanish imkonini berib, bir nechta platformalarni boshqarish bilan bog‘liq murakkab talablarni kamaytiradi. Shuningdek, xizmatlar kompaniyalarni bozordagi beqarorlik va narxlarning keskin o‘zgarishidan himoya qilish uchun raqamli aktivlar uchun eng maqbul narxlarni kafolatlaydi.

Ripple turli likvidlik yechimlari va transchegaraviy pul o‘tkazmalari xizmatlarini taklif etib, fintech olamida o‘z nomini tanitdi. Uning mashhur ODL yechimi kriptovalyutalar yordamida arzon pul o‘tkazmalari xizmatlarini taqdim etish uchun dunyo bo‘ylab bir nechta bankni jalb qildi.

.