Keling, bir oydan sal ko‘proq vaqt oldin sodir bo‘lgan voqealarni eslaylik. 2022-yil 15-sentabrda Ethereum — aqlli shartnomalarni qo‘llab-quvvatlay oladigan eng yirik blokcheyn tarmog‘i — kripto tarixidagi eng katta o‘zgarishlardan birini boshdan kechirdi. Ethereum tarmog‘ida «Merge» deb ataladigan hodisa yuz berdi. Natijada bozor kapitallashuvi bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turadigan bu ulkan tarmoq ish bajarilishini isbotlash mexanizmidan ulushni isbotlash konsensus mexanizmiga o‘tdi.

Bu Ethereum’ni kelajakka olib boradigan uzoq muddatli rejaning birinchi bosqichi. Kelajakda gaz to‘lovlari arzon, tranzaksiya tezligi yuqori — hech bo‘lmaganda raqobatchilari bilan teng darajada — bo‘ladi va Ethereum dunyodagi aqlli shartnomalarni qo‘llab-quvvatlay oladigan eng yirik blokcheyn platformasi mavqeini saqlab qoladi.

Ethereum yangilanishlari sarhisobi