Oddiy qilib aytganda, Ethereum’ning Shanxay yangilanishi, xususan EIP-4895, ETH steykerlariga validator sifatida steykka qo‘ygan mablag‘larini yechib olish imkonini beradi. Bu muhim, chunki 2020-yil dekabrida proof-of-stake Beacon zanjiri ishga tushirilganida, Ethereum tarmog‘ida validator sifatida Ethereum 2.0’ning bir qismi bo‘lishni istagan ishtirokchilar kamida 32 ta ETH tokenini steykka qo‘yishlari kerak edi. Amalda esa bu mablag‘lar noma’lum muddatga bloklanib qolishi mumkin edi. 32 ta ETH tokenini steykka qo‘yganingizdan so‘ng, bu validatorlarga xohlagan paytda mablag‘larini yechib olishga ruxsat berilmasdi.

Endi bu savol tug‘iladi: bu o‘zgarish sizga qanday ta’sir qiladi? Aslida, bu sizning vaziyatingizga, aniqrog‘i, Ethereum tarmog‘ida qanday ishtirokchi ekaningizga bog‘liq. Agar siz shunchaki Ethereum PoS zanjirida validator bo‘lsangiz, endi steykingga qo‘ygan ETH tokenlaringizni yechib olib, xohlasangiz sotishingiz mumkin.

#ethereumshanghaiupgrade #eth2.0 #hongkongweb3festival2023