Vivek Raman fikricha, qisqa muddatda narxga bosim o‘tkazishi mumkin bo‘lsa-da, Shanghai yangilanishi o‘rta va uzoq muddatda Ether narxining keskin ko‘tarilishiga turtki bo‘ladi.
Ethereum tadqiqotchisi Vivek Raman fikricha, bo‘lajak Shanghai yangilanishi Ether narxiga qisqa muddatda salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, ammo Ethereum’ning mahalliy tokeni uchun juda ijobiy bo‘ladi, chunki u steykingga ko‘proq kapital jalb qilib, tarmoq xavfsizligini oshiradi.
12-aprelga rejalashtirilgan Shanghai yangilanishi tarmoq validatorlariga 2020-yil dekabridan beri tarmoqni himoyalash uchun bloklangan mablag‘larni yechib olish imkonini beradi. Yangilanish tarmoqning proof-of-stake tizimiga o‘tishini yakunlaydi. Bu o‘tish o‘tgan yilning oktabrida Merge bilan boshlangan edi.
Shanxaydan so‘ng taxminan 18 million ETH’ni yechib olish mumkin bo‘ladi. Ramanning aytishicha, bu qisqa muddatda ETH narxiga nisbatan ma’lum darajada sotuv bosimini keltirib chiqarishi mumkin.

Biroq, uzoq muddatda Ether’ni steykingdan chiqarish imkoniyati “ETH’ga kiritilgan investitsiya xavfini sezilarli darajada kamaytiradi”, deb ta’kidladi u. Xususan, avvalroq steykingda qatnasha olmagan institutsional investorlar ETH’ni steykingdan chiqarish mumkin bo‘lgach, o‘zlarini ancha xotirjam his qilishadi. ETH steykingiga ko‘proq kapital kirib kelishi uzoq muddatda Ethereum tarmog‘ini mustahkamlaydi.
“Steykingga qo‘yilgan mahalliy proof-of-stake aktivlari qancha ko‘p bo‘lsa, zanjirga hujum qilish shuncha qimmatga tushadi”, deb ta’kidladi Raman.