Gap shundaki, demokratlar va respublikachilar moliyalashtirish to‘g‘risidagi qonun loyihasi bo‘yicha kelishuvga erishish uchun kurashmoqda. Ularning eng katta kelishmovchiligi — Eron bilan urush.

Respublikachilar 1,1 trillion dollarlik mudofaa qonun loyihasini taklif qildi, Tramp ma’muriyati esa urush tufayli kamayib ketgan qurol zaxiralarini tiklash uchun qo‘shimcha 350 milliard dollar istamoqda.

Buning o‘rniga demokratlar Eron bilan urushni cho‘zib yuborishi mumkin bo‘lgan barcha moliyalashtirishni cheklamoqchi.

Sog‘liqni saqlash subsidiyalari bo‘yicha shunga o‘xshash kelishmovchilik o‘tgan yili yuz bergan edi. Bu AQSh tarixidagi eng uzoq davom etgan umumhukumat faoliyatining to‘xtashiga olib keldi — u 43 kun davom etdi.

O‘shanda federal xodimlarga maosh to‘lanmadi, davlat xizmatlari ko‘rsatish to‘xtatildi, muhim iqtisodiy ma’lumotlarni e’lon qilish esa kechiktirildi.

Kongressning Byudjet boshqarmasi hisob-kitoblariga ko‘ra, AQSh iqtisodiyoti 11 milliard dollar zarar ko‘rdi.
Pentagon harbiy zaxiralarini tiklash uchun mudofaa kompaniyalari bilan allaqachon ko‘p yillik shartnomalar tuzgan.

Agar Kongress moliyalashtirishni ma’qullamasa, Pentagon ogohlantirishicha, amerikalik soliq to‘lovchilar 10 MILLIARD dollardan ortiq mablag‘ to‘lashiga to‘g‘ri keladi — bu faqat shartnomalarni bekor qilganlik uchun to‘lanadigan jarima. Endi Kongressda yechim topish uchun atigi 15 kun bor.

#сша