Bitcoin yana o‘z iziga tushib, moliyaviy mahsulotlardan o‘zib ketdi va daromadli investitsiya muqobiliga aylandi. 2023-yil 1-chorak yakuniga ko‘ra, Bitcoin investitsiya daromadliligi bo‘yicha beshta yirik fond indeksining o‘rtacha ko‘rsatkichidan 170,32 foizga yuqori bo‘ldi. Eng yaxshi natijani NASDAQ Composite qayd etdi — 17,39 foiz. Undan keyin S&P 500 — 6,36 foiz va US Small Cap 2000 — 2,51 foiz. Dow Jones Industrial Average 0,56 foizlik investitsiya daromadliligi bilan beshinchi, FTSE 100 esa 0,99 foiz bilan to‘rtinchi o‘rinni egalladi.