1. Agar u xotirjamligingizga putur yetkazsa, demak, narxi haddan tashqari qimmat.
2. “Yo‘q.” — bu to‘liq gap. O‘zingizni oqlashingiz shart emas.
3. Maslahatini qabul qilmaydigan odamingizning tanqidini hech qachon qabul qilmang.
4. Kemalar bandargohda xavfsiz, ammo ular buning uchun qurilmagan.
5. Hammasini qila olasiz, ammo hamma narsani emas. Diqqatingizni jamlang.
6. Noto‘g‘ri qaror qabul qilmoqchi bo‘lsangiz, hammadan so‘rang.
7. Istagan narsangiz uchun qurbonlik qilmasangiz, oxir-oqibat o‘sha narsa qurbon bo‘ladi.
8. Siz izlayotgan sehr siz qochayotgan ishning o‘zida.
9. Ko‘pchilik yashamaydigan hayotni yashash uchun, ko‘pchilik qilmaydigan ishlarni qilishga tayyor bo‘lishingiz kerak.
10. Muvaffaqiyatsizlikka uchrayotgan bo‘lsangiz, demak, yangi narsani o‘rganyapsiz.
11. Biz narsalarni qanday bo‘lsa, shundayligicha ko‘rmaymiz. Ularni o‘zimiz qanday bo‘lsak, shunday ko‘ramiz.
12. Hayotda sizni o‘zingizdan ko‘ra ko‘proq hech narsa ortga tortmaydi.
13. Hech qachon o‘zingizni boshqalardan shu qadar yuqori qo‘ymangki, ularni kamsita boshlang. Xudo vaziyatni istalgan payt o‘zgartirib yuborishi mumkin.
P.S. Qaysi biri sizga eng yoqdi?

