Bir haftada qariyb 15% tushgan bu kriptovalyutaga nega bugun yana qiziqish oshdi? ZEC avvalgi ikki kunda 890 dan oshiq narxdan 727 gacha keskin tushdi. Kecha kechqurun 680 atrofini sinab ko‘rdi-yu, qayta ko‘tarildi. Bugun esa 780 atrofida savdo qilinmoqda, 24 soatda qariyb 7% o‘sdi. Bu sakrashda short pozitsiyalarning majburan yopilgani ham rol o‘ynadi. Ayrimlar bunga ETF haqidagi mish-mishlarni sabab qilmoqda, ammo bu xabar tasdiqlanmagan, shuning uchun men bunga ishonmayman. Savdo hajmi yetakchilar qatorida — demak, pul haqiqatan ham shu yerga oqib kelmoqda. Men nima qilaman: faqat kuzataman, ortidan quvmayman. 800 dan yuqorida mustahkam o‘rnashishini kutaman; 740 dan pastga tushsa, bu ko‘tarilish tugadi deb hisoblayman.
$ZEC $BTC #Zcash
$ZEC $BTC #Zcash
