🇷🇺 ROSSIYA KRIPTO BOZORINI OCHMOQDA, AMMO BINANCE QAYTIB KELADIMI?

22-noyabrdan boshlab Rossiya birjalari Markaziy bank ruxsati bilan tartibga solinadigan kriptovalyuta savdosini yo‘lga qo‘yishi mumkin.

Bu yangilikning qiziq jihatlari:

🔹 Chakana investorlar BTC, ETH va USDT’dan foydalanishlari mumkin.
🔹 Chakana investorlar uchun yillik xarid limiti: har bir vositachiga ₽300,000.
🔹 Malakali investorlar kriptoaktivlarning kengroq turidan foydalanish imkoniga ega bo‘ladi.
🔹 Moskva birjasi kriptovalyuta savdosini 1-dekabrda yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

@Binance 2023-yil sentabrida Rossiyadan rasman chiqib, Rossiyadagi barcha biznesini CommEX’ga sotdi. CommEX esa 2024-yilda faoliyatini to‘xtatdi.

Endi Rossiya yangi, tartibga solinadigan kripto bozorini noldan barpo etmoqda.

Agar tartibga solish va muvofiqlik talablari mos kelsa, bu oxir-oqibat Binance kabi xalqaro birjalar uchun yangi imkoniyat yaratishi mumkinmi?

Binance qaytishi haqida hech qanday e’lon berilmagan.

Rossiya kripto uchun eshikni qayta ochmoqda. Binance undan yana kirib kelarmikan?

#Binance #Crypto #Bitcoin