James Wynn bu pasayishda 5 marta likvidatsiya qilindi — hammasi S&P 500 bo‘yicha long pozitsiyalar edi.

Lookonchain kuzatishicha, beshta pozitsiyaning jami taxminan 2,82 million dollari yo‘qotilgan. Ammo u pozitsiyalarini yopmadi: hanuz taxminan 3,14 million dollarlik long pozitsiyalari bor — S&P 500’da 50x, bitkoynda esa 40x yelka bilan. Hisobida atigi 77 ming dollar qolgan bo‘lsa-da, 3 million dollardan ortiq yelkali pozitsiyalarni ushlab turibdi.

Bitkoynning likvidatsiya narxi 60 177 dollar, bugun esa narx eng pastida 61 290 dollargacha tushdi — farq ming dollardan sal ko‘proq. Likvidatsiyadan keyin yana pozitsiya ochsa, likvidatsiyaga yanada yaqinlashadi. Bunday katta yelka bilan bozor biroz tebransa ham, pozitsiyalari qayta-qayta yopib yuborilishi mumkin.

#JamesWynn #Kuzatamiz

Bu investitsiya maslahati emas. Pozitsiya hajmini o‘zingiz nazorat qiling.