Inflyatsiya darajasi so‘nggi o‘ttiz yil ichida ilk bor 100 foizdan oshgan Argentinada Binance kriptovalyuta birjasi fiat valyutalarini kiritish xizmatini ishga tushirdi. Endi mahalliy foydalanuvchilar Binance hamyonlariga Argentina pesosini kiritib, ilova orqali kriptovalyutalar, jumladan bitcoin, ether, BNB, EOS va dollarga bog‘langan BUSD hamda tether (USDT) steyblkoinlari bilan savdo qilishlari mumkin. Yaqin vaqtgacha Binance Argentinada juda kam faoliyat yuritar edi va kriptovalyuta bozorida peso juftliklari hali mavjud emasdi.