Apple’ning Mac operatsion tizimining barcha joriy versiyalarida Satoshi Nakamotoning Bitcoin tarmog‘ini bayon qiluvchi dastlabki oq qog‘ozining yashirin nusxasi bor. Andy Baioning ta’kidlashicha, 2018-yilda Mojave’dan boshlab macOS’ning har bir nusxasi bilan Bitcoin oq qog‘ozining PDF fayli ham keladi. Uning aytishicha, u printerni tuzatmoqchi bo‘lganida Virtual Scanner II qurilmasi paydo bo‘lgan va media turini «Rasm»dan «Hujjat»ga o‘zgartirishi bilan Nakamotoning oq qog‘ozi ekranda ko‘ringan.