Chainalysis ma’lumotlariga ko‘ra, Binance’ga hujum qilgan xakerlar o‘g‘irlangan mablag‘larni yuvish uchun nihoyatda murakkab sxemalardan foydalanmoqda — pullar minglab tranzaksiyalar orqali o‘tadi. Shimoliy koreyalik operatorlar kriptovalyutani hamyonlar orasida ko‘chiradi, ba’zan esa uni avval ishlatilgan manzillarga qaytaradi. Operatsiyalarning bunday tezligi va sxemalarning takrorlanishi izlarni chalkashtirishga qaratilgan jarayon avtomatlashtirilganidan darak beradi.
Elliptic’ning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, jinoyatchilar muzlatilgan steyblkoinlarni shoshilinch ravishda Efirga almashtirib, manzillar qora ro‘yxatga kiritilishidan oldin aktivlarni manzillar o‘rtasida ko‘chira boshlagan. Buning uchun ular DeFi loyihasidan foydalangan: Aave platformasiga garov sifatida 60 mln USDT kiritib, evaziga 19 762 ETH qarz olgan. Bu taxminan 44,6 mln dollarga teng. Bu orada Tether 1,77 mlrd USDT, Circle esa 825 mln USDC’ni blokladi. Natijada Aave’da garovga qo‘yilgan mablag‘lar muzlatilganicha qoldi, xakerlar esa noqulay ayirboshlash kursi tufayli zarar ko‘rgan bo‘lsa-da, qarzga olingan efirlarni olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi.