Tartibga solinadigan raqamli aktivlar xizmatlari provayderi Sygnum Bank bilan hamkorlik Shveytsariyaning moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha beshinchi yirik kompaniyasi PostFinance’ga foydalanuvchilariga kriptovalyutalardan foydalanish imkoniyatini taqdim eta boshlashini e’lon qilishga imkon berdi. Keyinchalik boshqa kriptovalyutalar ham qo‘shiladi. Shveytsariya hukumatiga to‘liq tegishli bo‘lgan PostFinance dastlab 2,5 million mijoziga BTC va ETH kabi mashhur kriptovalyutalarni sotib olish, saqlash va ular bilan savdo qilish imkoniyatini taqdim etadi.