🚨🚨 Demokratlar Tramp va uning oilasini tergov qilish haqida bayonot berganidan keyin hamma short pozitsiyaga kiradi. !!
😭 AQSh prezidenti Donald Tramp bilan bog‘liq mem-koin $TRUMP narxi 20% dan ko‘proqqa, 1,58 dollardan 1,26 dollargacha tushdi. Bunga demokrat qonunchilarning Kongress ustidan nazoratni qo‘lga kiritganidan so‘ng Tramp va uning oilasining kriptoinvestitsiyalari hamda loyihalari yuzasidan tergov boshlashga hozirlik ko‘rayotgani sabab bo‘ldi.

Bloomberg xabariga ko‘ra, tergov Tramp oilasi bilan kriptovalyuta sektori o‘rtasidagi moliyaviy va tijoriy aloqalarni, xususan, World Liberty Financial loyihasini hamda oilaga yil davomida 1,4 milliard dollardan ortiq daromad keltirgan boshqa investitsiyalarni qamrab oladi. Bu daromad oilaning ko‘chmas mulk va kurortlardagi an’anaviy faoliyatidan tushgan daromaddan ham oshib ketgan.

Narxlarning pasayishi Tramp bilan bog‘liq aktivlarga ham ta’sir qildi: Nasdaq’da ro‘yxatga olingan Trump Media & Technology Group aksiyalari qariyb 11% tushib, 5 dollar atrofidagi rekord darajada past ko‘rsatkichga yetdi. Uning tarixiy cho‘qqisi esa 101 dollar edi.
😎 Sizningcha, Tramp va uning oilasi tergov qilinishi kerakmi? Menimcha, ha, albatta — yaxshilab va chuqur tergov qilish kerak.