Yevropa yoki Amerika fuqarosining noliyotganini ko‘rsang, unga: «Biznikiga kel», deging keladi. Shunda eng yaxshi hayot kechirayotganingni tushunasan. Ha, Yevropa va Amerikada ham o‘ziga yarasha zaif tomonlar, muammolar bor. Ammo ularda imkoniyatlar ko‘pligi, kredit foizlari maqbulligi, korrupsiya darajasi pastligi, qonunlar va huquqlarga rioya qilinishida aniq muammo yo‘q. Bularning barchasi fuqaroga istasa, moliyaviy ahvoli va turmush darajasini yaxshilash imkonini beradi. Bizda, MDH mamlakatlarida ham bularning barchasi bor, ammo faqat qog‘ozda.