Amerika siyosatining nimasi ajoyibligini bilasizmi? Uning beqarorligi. Hatto eng kaltafahm, ma’lumotsiz amerikalik ham prezidentlikka bir kishini saylaganda, u (prezident) bu lavozimda ko‘pi bilan ikki muddat qolishini biladi. Saylangan odam shizofrenikmi, ahmoqmi, shunchaki yolg‘onchimi yoki boshqa qandaydir odammi — keyingi saylovlarda uni shunchaki qayta saylashmaydi. Bizning postsovet mamlakatlarimizda esa prezident saylovi bir martalik hodisa. Uni sayladingmi, demak, oxirigacha u bilan yashaysan; omading kelmasa, hatto bolalaring ham uning boshqaruvi ostida yashashiga to‘g‘ri keladi. Xo‘sh, kim tanazzulga yuz tutayotganini o‘ylab ko‘ring.