Circle III chorakda 865 mln dollar daromad qayd etdi, xodimlarining 5 foizini qisqartirdi
Circle’ning 2026-yil III chorak natijalariga ko‘ra, daromad va zaxiralardan tushgan daromad o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 17 foizga oshib, 865 mln dollarni tashkil etdi. Davom etayotgan faoliyatdan sof daromad esa 5 foizga o‘sib, 226 mln dollarga yetdi. Bunga $ARC tokenining oldindan sotilishidan tushgan 182 mln dollar ham turtki bo‘ldi.
◾️ $USDC tokenining o‘rtacha muomaladagi miqdori 8 foizga oshib, 73,3 mlrd dollarga yetdi
◾️ Arc Mainnet 16-sentabrda 11 ta asoschi validator va 100 dan ortiq ishlayotgan ilova bilan ishga tushirildi
◾️ CPN’ning yilliklashtirilgan tranzaksiya hajmi o‘tgan yilga nisbatan 15,2 baravar oshdi; endi u 205 ta moliya muassasasini qamrab oladi
◾️ Circle transchegaraviy to‘lovlar platformasi Tazapay’ni sotib olish bo‘yicha kelishuv imzoladi. Bitim tartibga soluvchi organlar tasdig‘idan so‘ng 2027-yilda yakunlanishi kutilmoqda
Kompaniya restrukturizatsiya doirasida chorak davomida xodimlar sonini ham taxminan 5 foizga qisqartirdi va bu bilan bog‘liq qariyb 9,15 mln dollarlik xarajatlarni qayd etdi.