Eron va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasida urushning yangi bosqichi yaqinlashar ekan
Eron Hormuz bo‘g‘ozidagi dengizosti kabellarini uzib qo‘yish bilan tahdid qildi. Bu butun mintaqaga zarar yetishi mumkinligi haqidagi ogohlantirishlar fonida yuz berdi.
Kabellarning uzilishi Fors ko‘rfazi mintaqasida internet uzilishiga va aksariyat aloqa vositalari, jumladan, kriptovalyuta birjalarining faoliyati to‘xtashiga olib kelishi mumkin.
Hormuz bo‘g‘ozi orqali taxminan 7 ta asosiy dengiz kabeli o‘tib, Fors ko‘rfazi bo‘ylab Quvayt, Iroq va mintaqaning boshqa mamlakatlari tomon yo‘lini davom ettiradi. Bu kabellar mintaqadagi aloqalarning taxminan 97 foizini va Yevropa, Osiyo hamda Yaqin Sharq o‘rtasidagi internet-trafikning qariyb 30 foizini uzatadi
Tahdid ostidagi kabellar global internet-trafikning qariyb sakson foizini tashiydi, bu esa xalqaro tarmoqlarga tahdid soladi

