Kripto nomini ilk bor eshitganimda, xayolimga Binance nomi ham keldi. Binance bilan besh yildan ortiq vaqtdan beri hamkorlik qilib kelaman. Shu vaqt davomida Binance faoliyati, xizmatlari va ishonchliligi bilan meni hech qachon hafsalasiz qoldirmadi. Kelajakda ham bu ishonch o‘zgarmay qolishiga umid qilaman.

Bugun Binance qiyin davrni boshdan kechirayotgan bo‘lsa, vahimaga tushish, mish-mishlarga ishonish yoki ularni tarqatish o‘rniga, Binance oilasi birdamligi uchun harakat qilishimiz kerak. Imkonim darajasida uni qo‘llab-quvvatlayman.

Haqiqiy sadoqat va birdamlik aynan qiyin paytlarda sinaladi. Mish-mishlarga emas, faktlarga e’tibor qaratib, bu qiyin davrni mas’uliyat, sabr va jasorat bilan qarshi olishimiz kerak.

Biz Binance oilasimiz va birdamlik — bizning asosiy kuchimiz.
#Binance #CZBİNANCE