Donald Tusk: Polshaning YI tarkibidan chiqarilishiga yo‘l qo‘ymayman.
Polyaklarning aksariyati hanuz Yevropa Ittifoqi tarkibida bo‘lishni istaydi. #redpacket
Polsha bosh vaziri Donald Tusk «Huquq va adolat» partiyasi raisi Yaroslav Kachinskiyning Polshaning Yevropa Ittifoqidagi o‘rni haqidagi so‘zlariga munosabat bildirdi, deb xabar bermoqda Polskie Radio.
«So‘rovnomalar natijalarini o‘qib, polyaklarning mutlaq ko‘pchiligi hanuz Yevropa Ittifoqi tarkibida bo‘lishni istashi va YIga a’zoligimizni qo‘llab-quvvatlashini ko‘rganlarida, ular ortga chekinishni boshlaydi va o‘zlarining haqiqiy qarashlari hamda e’tiqodlarini yashirishga urinadi.