🦊 MetaMask kengaytmasiga xavfsizlik borasida savollar tug‘diradigan yangi funksiya qo‘shdi!

⚠️ Mashhur kriptohamyonning so‘nggi yangilanishida foydalanuvchi tashrif buyuradigan saytlar mazmunini avtomatik o‘zgartirish imkoniyati paydo bo‘ldi.

💬 Masalan, X’da (Twitter) kengaytma endi $BTC kabi kriptovalyuta tickerlarini narxi, grafigi va tokenni sotib olish imkoniyati mavjud interaktiv vidjetlarga aylantiradi.

☝️Ammo bir nechta noxush jihatlar bor:
🔴 Funksiya foydalanuvchining alohida roziligisiz yoqiladi.
🔴 MetaMask tokenlarni noto‘g‘ri aniqlashi mumkin, bu esa boshqa aktivni sotib olish xavfini tug‘diradi.
🔴 Sahifalarga uchinchi tomon elementlarini kiritish va CSP xavfsizlik siyosatidagi o‘zgarishlar hujumlar uchun imkoniyatlarni oshirishi mumkin.

🛡️ Qanday o‘chirish mumkin?
MetaMask’ni oching → Settings → Preferences and display → Ticker Widget’ni o‘chiring.

👀
Kriptokompaniyalarga qilingan xakerlik hujumlari ko‘payib borayotgan bir paytda, bunday yangiliklar juda g‘alati ko‘rinadi. Hamyonlar xavfsizligini oshirish o‘rniga, ishlab chiquvchilar qo‘shimcha xavflar tug‘dirishi mumkin bo‘lgan funksiyalarni qo‘shmoqda. Eng asosiy savol: nega bunday imkoniyatlar foydalanuvchining oldindan roziligisiz yoqiladi?

#MetaMask