🤯 Bitwise: 2036-yilga kelib Bitcoin $3.6 mln bo‘ladimi? Ishonamizmi?

Bitwise investitsiya kompaniyasi kelgusi 10 yil uchun $BTC bo‘yicha prognozlar aks etgan hisobotni e’lon qildi. Undagi raqamlar shunchaki kosmik.
2036-yilga borib narx prognozi:
🔹 Pessimistik: $130 686
🔹 Asosiy: $1 599 766
🔹 Optimistik: $3 667 911

Asosiy ssenariyga ko‘ra, BTC’ning o‘rtacha yillik daromadliligi 34.3% ni tashkil etadi — bu AQSh aksiyalari (6.7%), oltin (5.5%) va xedj-fondlarnikidan (7.8%) yuqori.

Hisobotda yana nimalar bor:
🔸 Institutsional investorlar portfellarining 1% dan 5% gacha qismini BTC’ga ajratadi (1.5–7.4 trln dollar oqimi).
🔸 Yirik sarmoyalar kirib kelishi sababli to‘rt yillik sikllar susayadi.
🔸 AQSh davlat qarzining o‘sishi ($40.2 trln) BTC’ga bo‘lgan talabni oshiradi.
🔸 Asosiy xatarlar: kriptografiyaga tahdid solishi mumkin bo‘lgan kvant hisoblashlari va sun’iy intellekt.

Albatta, bu shunchaki prognoz, ammo raqamlarning ko‘lami hayratlanarli. Sizningcha, BTC narxi $1.5 mln ga yetishi mumkinmi yoki bu haddan tashqari optimistikmi? 👇
$BTC

#bitcoin #Bitwise #CryptoNews #CryptoAdoption