PancakeSwap’ning rasmiy xitoy tilidagi X akkaunti buzib kirildi. Firibgarlar soxta Sir Pancake tokeni bilan foydalanuvchilarni tuzoqqa ilintirdi va ayrimlar 8 000–13 000 dollar yo‘qotdi. Hamjamiyatda firibgarlikdan ogohlantiruvchi xabarlar ko‘paydi. Ammo qizig‘i, $CAKE bu xabar tufayli keskin qulamadi, token narxi 2,1 dollar atrofida barqaror turibdi. Bugun The Flip tokenomikasini isloh qilish bo‘yicha ovoz berishning so‘nggi kuni: taklifda kunlik emissiyani 22 500 tadan 7 000 tagacha kamaytirish, likvidlik ta’minotchilarining komissiyalardan oladigan ulushini esa 66–68% dan 88% gacha oshirish ko‘zda tutilgan. Biroq 22-oktabr holatiga ko‘ra, ovozlarning 97,81 foizi taklifga qarshi. Xaker ham narxni tushira olmadi, yirik egalari esa islohotni rad etdi — endi bu token kimning gapiga quloq soladi? #CAKE #PancakeSwap