$ICNT $FOLKS $AGT
🇺🇳 Bu qishda millionlab ukrainaliklar yana qochqinga aylanishi mumkin, — BMT
Jangovar harakatlardan qochib, uyiga qaytgan bir necha million ukrainalik bu qishda yana majburiy ko‘chishga majbur bo‘lib qolish xavfi ostida, deb ogohlantirdi BMTning Xalqaro migratsiya tashkiloti (XMT).
Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, uyiga qaytgan oilalar orasida hozir turar joyini yana tark etish niyati so‘nggi uch oy ichidagi eng yuqori darajaga yetgan. Bunga uy-joylarning shikastlangani, Rossiyaning energetika infratuzilmasiga bergan zarbalari va isitish imkoniyati yo‘qligi sabab bo‘lmoqda.
XMT hisob-kitoblariga ko‘ra, hozir Ukrainada qariyb 3,6 million ichki ko‘chirilgan shaxs (IKS) bor, urush boshida uyini tark etishga majbur bo‘lgan qariyb 3,8 million kishi esa yashash joylariga qaytgan.
Qaytgan ukrainaliklarning qariyb 1,45 millioni hozir front chizig‘i yaqinidagi hududlarda, jumladan 565 mingi Xarkiv viloyatida istiqomat qilmoqda.