Bu bozorda yo‘l qo‘yadigan yana bir katta xatomiz — foydani vaqtida olmaymiz. Xayolimizda biror maqsadni belgilab olamiz va tokenlarimiz foyda keltirayotganini ko‘rsak ham, foydani qayd etib qolish imkoniyatini qo‘ldan boy beramiz.
Ayniqsa, altkoinlarga sarmoya kiritganimizda, ko‘pincha: «Pulim uch baravar yoki besh baravar ko‘paymaguncha sotmayman», deb o‘ylaymiz. O‘sha lahzani kutaveramiz, ammo u ko‘pincha hech qachon kelmaydi.
Aksincha, token narxi ikki baravar ko‘tarilib, keyin yana tushib ketadi. Ochko‘zligimiz — 5 baravar foyda olishni kutib turishimiz — oxir-oqibat bizni barbod qiladi.
To‘g‘ri strategiya shuki, tokeningiz tez ko‘tarilayotganida uni diqqat bilan kuzatib, avvalo dastlabki sarmoyangizni qaytarib olishga harakat qiling. Token qiymati ikki baravar oshgan bo‘lsa, foydaning bir qismini olishga hech qanday to‘sqinlik yo‘q.
Hozir bozor tuzilishi ancha o‘zgardi, endi o‘z rejalaringizni tuzishingiz kerak. Xayolingizda shunchaki soxta raqam bo‘lib, aniq strategiyangiz bo‘lmasa, bozor avval ko‘tarilib, keyin qulaydi va biz ekrandagi raqamlarga tikilib qolamiz, xolos!
Barchangizga baraka tilayman ❣️