Hujumchilar aqlli shartnomalardagi nosoz funksiyadan foydalanib, Safemoon likvidlik havzasidan qariyb 9 million AQSh dollariga teng tokenlarni o‘g‘irladi.

  • 28-mart kuni Safemoon likvidlik havzasida (LP) zaiflikdan foydalanildi. Hujum oqibatida jami taxminan 8,9 million dollar yo‘qotildi.

  • Blokcheyn ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchilar bitta tranzaksiyada bir nechta tokenni almashtirib, oxir-oqibat Safemoon’ning milliardlab SFM tokenlarini qo‘lga kiritgan.

  • “Sizga likvidlik havzamiz buzib kirilganini ma’lum qilmoqchimiz. Muammoni imkon qadar tezroq bartaraf etish uchun zudlik bilan choralar ko‘ryapmiz”, deb yozdi dasturchilar Twitter’da.

  • Biroq, hujumdan bir necha soat o‘tgach, hujumchilar pulni qaytarishga tayyor ekanliklari haqida xabar joylashtirdi.

  • “Hey, xotirjam bo‘ling, biz tasodifan sizga qarshi hujum uyushtirib qo‘ydik. Mablag‘larni qaytarishni istaymiz. Xavfsiz aloqa kanalini o‘rnating, gaplashaylik”. Blokcheyn xavfsizligi bilan shug‘ullanuvchi PeckShield kompaniyasiga ko‘ra, xakerlar tranzaksiyaga izoh sifatida ushbu xabarlarni qoldirgan.

  • PeckShield ma’lumotlariga ko‘ra, qiymati 1,2 million dollar bo‘lgan aktivlar allaqachon qaytarilgan.