2024 — BAA. 2026 — Lyuksemburg. Endi Singapur

Standard Chartered kripto-aktivlarni o‘z nomi ostida saqlash xizmatini shunday yo‘lga qo‘ymoqda. Singapurda bank kriptoaktivlar, steyblkoinlar va tokenlashtirilgan aktivlarni saqlamoqchi, ammo faqat institutsional va akkreditatsiyadan o‘tgan korporativ mijozlar uchun.

Bosqichma-bosqich yo‘l xaritasi:
- BAA: DFSA litsenziyasi, $BTC va ETH bilan boshlanadi
- Lyuksemburg: MiCA va EMI litsenziyasi, Yevropa uchun xab
- Bundan tashqari, Zodia Custody’ning aktivlarni saqlash biznesini sotib olmoqda, bitim yopilishi regulyatorlar roziligini kutmoqda

Singapurda esa hozircha faqat «rejalashtirmoqda»: sana ham, kriptovalyutalar ro‘yxati ham yo‘q.

Bundan tushunadigan xulosam: yirik banklar kripto-aktivlarni saqlovchi kompaniyalarning mijozlari bo‘lishni istamaydi. O‘zlari aktivlarni saqlovchi bo‘lishni xohlaydi.

Chakana mijozlarga bundan na issiq, na sovuq. Reja xizmatga aylanganda, fondlarda gaplashadigan tomon paydo bo‘ladi.

#StandardChartered #Singapore