Satoshi kim??

Satoshi Nakamoto — Bitcoin’ni blokcheyn tarmog‘ida yaratgan shaxs yoki shaxslar guruhining haqiqiy kimligini yashirish uchun ishlatiladigan taxallus. Demak, bu buyuk texnologiya ortidagi shaxs(lar) shu paytgacha o‘z kimligini yashirishga qaror qilgani ayon. Bu, bir tomondan, Bitcoin’ning ommalashuviga turtki bo‘lsa, boshqa tomondan, bunday salohiyatli texnologiyaga bo‘lgan ishonchni yo‘qqa chiqaradi.

Bu sirli erkak yoki erkaklar shu qadar katta qiziqish uyg‘otdiki, tahlilchilar hatto bu nomning ma’nosini, hech bo‘lmaganda oddiy odam tushunadigan darajada izohlashga urinishdi. Ular bu taxallusning ayrim yirik kompaniyalar bilan zaruriy aloqasi bor, deb hisoblashadi, ya’ni u biror yirik kompaniya nomining bir qismi bo‘lishi mumkin. Shunday qilib;

SA - Mashhur SAmsung kompaniyasidan

TOSHI - TOSHIba kompaniyasidan

NAKA - NAKAmichi va

MOTO - MOTOrola kompaniyasidan

Bu sizga tushunarlimi??

Izohlarda menga xabar bering.