🦄 Tokenlashtirilgan aksiyalar va ETF’lar endi 1inch’da
1inch jamoasi BNB Chain tarmog‘ida bStocks’ni qo‘llab-quvvatlashni yo‘lga qo‘ydi. AQSh aksiyalari va ETF’lari qiymatini kuzatib boruvchi tokenlarni platformaning dApp’i va hamyoni orqali ayirboshlash mumkin.
1inch tranzaksiyalarni mavjud likvidlik manbalari orqali yo‘naltiradi, foydalanuvchilar esa o‘z aktivlari ustidan nazoratni saqlab qoladi. Foydalanish imkoniyati hudud va emitent talablariga bog‘liq.
Jamoa ma’lumotlariga ko‘ra, BNB Chain’da 1inch orqali amalga oshirilgan RWA ayirboshlashlari hajmi olti oy ichida 85% ga oshgan — 2,89 milliard dollardan 5,35 milliard dollargacha.
$1INCH shuningdek, tushumlari xayriya ishlariga yo‘naltiriladigan reDeFine Money raqamli reyestrini ham ishga tushirdi.
#1inch #NewsAboutCrypto