CNBC xabariga ko‘ra, Starbucks Corp aprel oyida Xitoydagi biznesining nazorat paketidagi 60 foiz ulushini Boyu Capital kompaniyasiga sotganidan keyin Shinjonning Urumchi shahrida ikkita do‘kon ochdi. Bu qadam AQSh Vakillar palatasining Xitoy bo‘yicha maxsus qo‘mitasi tanqidiga sabab bo‘ldi. Qo‘mita bu ishni «dahshatli va axloqan tuban» deb atab, do‘konlarni yopishni talab qildi. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi esa tanqidni rad etib, Shinjonda ijtimoiy barqarorlik, iqtisodiy farovonlik, millatlar totuvligi va dinlararo hamjihatlik borligini aytdi. Starbucks China bosh ijrochi direktori Molli Liu yaqinda bergan bayonotida kompaniya mintaqaga sarmoya kiritishda davom etishini bildirdi.