CNBC xabariga ko‘ra, Saudi Aramco bosh direktori Amin Nosir AQSh va Eron o‘rtasidagi urush davom etar ekan, jahon neft zaxiralarini tiklash uchun ikki yilgacha vaqt ketishi mumkinligini aytdi. U Hormuz bo‘g‘ozi to‘liq ochilib, energetika bozorlariga ishonch qaytmaguncha ta’minotga bosim yanada kuchayishi mumkinligidan ogohlantirdi. Uning aytishicha, AQSh va Isroil fevral oyi oxirida Eronga harbiy zarbalar berishni boshlaganidan beri qariyb 3 milliard barrel neft ta’minoti yo‘qotilgan, zaxiralardan esa 1 milliard barrel chiqarilgan. Shuningdek, omborlarda qolgan taxminan 6 milliard barrel neftdan amalda foydalanib bo‘lmasligini qo‘shimcha qildi. Nosir tizim allaqachon zo‘riqayotganini ham aytdi. Dushanba kuni neft narxlari biroz pasaydi: dekabrda yetkazib beriladigan Brent markali neft fyucherslari 0,1 foizga tushib, bir barreli 102,20 dollarni, noyabrda yetkazib beriladigan AQShning West Texas Intermediate markali neft fyucherslari esa 0,5 foizga pasayib, 90,64 dollarni tashkil etdi.
