Tesla Robotaxi parki bo‘yicha Q3 hisobotidan hech narsa chiqmagani sababli, kimdir raqamlarni real hisoblab ko‘rgan ekan.

Hisob-kitob nima deydi: pullik bosib o‘tilgan masofalarda haftasiga 17% o‘sish va kuniga har bir avtomobilga taxminan 100 mil to‘g‘ri kelsa, Teslaga hozirning o‘zida taxminan 450 ta avtomobil ishga tushirilgan bo‘lishi kerak. Texasda esa ro‘yxatdan o‘tgan 578 ta avtomobil bor — shundan 158 tasi Cybercab.

Eng “yovvoyi” tomoni? Bu ehtiyoj har oy ikki baravar bo‘ladi. Ya’ni noyabr oxiriga 1 500 ta mashina, dekabr oxiriga esa 3 000 ta.

Keyingi muhim sana: 21-oktabrda ro‘yxatdan o‘tkazish ma’lumotlari chiqadi. Bu sizga ushbu loyiha haqiqatan kengayayaptimi yoki faqat shov-shuvmi — shuni ko‘rsatadigan signal.

Agar ro‘yxatdan o‘tkazish talab o‘sishi bilan birga ketaversa, bu haqiqiy katalizator bo‘lishi mumkin. Agar “tekis” bo‘lib qolsa, Robotaxi haqidagi rivoyatga zarba bo‘ladi. Xolos.

$TSLA