AQShdagi toza qayta tiklanuvchi elektr energiyasining eng qadimgi ishlab chiqaruvchisi — Mechanicville gidroelektr stansiyasi bitkoin mayningi tufayli saqlab qolindi.
Nyu-Yorkdagi Mechanicville gidroelektr stansiyasi 1897-yilda qurilgan. U Schenectady shahridagi General Electric korxonalarini elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun Gudzon daryosida barpo etilgan. Keyinchalik kompaniya bu inshootdan foydalanishni butunlay to‘xtatgan.
2021-yilda gidroelektr to‘g‘oni foyda keltira olmay qoldi va faoliyatini to‘xtatish rejalashtirilgandi. Bosh direktor elektr energiyasining bir qismini bitkoin mayning qurilmalarini ishlatishga sarflashga qaror qilgach, bitkoin mayningi vaziyatni o‘zgartirdi.
Bosh direktor Jim Besha elektr energiyasini umumiy tarmoqqa sotish har kilovatt-soat uchun uch sent daromad keltirganini aytdi. Bitkoin mayningi esa taxminan uch baravar ko‘p daromad keltirdi.
U ishlatilgan mayning uskunalarini sotib olib, bitkoinni investitsiya sifatida saqlash o‘rniga naqd pulga aylantirardi. Shu tariqa inshoot saqlab qolindi.