21 sentabr kuni savdo jarayonida Advanced Micro Devices (AMD) bozor kapitalizatsiyasi ilk bor qisqa muddatga $1 trln.dan oshdi. Kompaniya aksiyalari eng yuqori nuqtada rekord darajadagi $615,99 ga yetib, 10%ga o‘sdi.
AMD kapitalizatsiya bo‘yicha $1 trln. belgidan oshib o‘tgan to‘rtinchi amerikalik chip ishlab chiqaruvchiga aylandi — Nvidia, Broadcom va Micron’dan keyin, deb yozadi Reuters. Nvidia bu marraga hali 2023 yilda erishgan va hozirda kapitalizatsiyasi $5 trln.dan oshgan holda dunyodagi eng qimmat aksiyadorlik kompaniyasi bo‘lib qolmoqda.
Nega aksiyalar o‘sayapti
Bozor Nvidia’ning grafik protsessorlar segmentidagi asosiy raqibi deb hisoblaydigan AMD agentlik xabariga ko‘ra, sun’iy intellekt uchun mahsulotlarni bozorga chiqarishni tezlashtirdi. Kompaniya alohida chiplarni sotishdan tayyor tizimlar yetkazib berishga o‘tdi: bu tizimlar protsessorlarni, tarmoq uskunalarini va tegishli texnikani birlashtiradi, bu esa uning Nvidia yechimlari bilan raqobatlashishiga yordam beradi. Qo‘shimcha turtki — grafika tezlatgichlari bilan birga serverlarda inferensiya (AI modellarini joriy etish) uchun qo‘llanadigan markaziy protsessorlarga bo‘lgan talabning ortishi bo‘ldi: bu bozorda AMD Intel’dan ulushni tortib olmoqda.
Avgust boshida AMD Uoll-strit prognozlaridan yuqori bo‘lgan choraklik daromad bashoratini berdi. Biroq bu prognoz investorlarnin haddan tashqari kutganini oqlamadi va o‘sha kuni aksiyalar 7% dan ko‘proqga tushib ketdi. Shundan beri kompaniya qog‘ozlari 26% dan ortiq qimmatlashdi.
Kontekst
Dushanba kuni deyarli barcha chipmeyker kompaniyalarining aksiyalari qimmatlashdi. Intel qog‘ozlari taxminan 13% ga, Qualcomm esa 6,4% ga ko‘tarildi, kengroq tarmoq bo‘yicha yarimo‘tkazgichlar indeksi esa 3,3% ga o‘sdi. ㅤ
Yangiliklarsiz ham bo‘lmaydimi, obuna bo‘lishni unutadiganlar uchun...