$G $ONE $BR
🏊♀️ Ozodlik ortidan suzib, yana orqaga qaytdi: mamlakatdan «qochib ketishga» uringan rossiyalikning hikoyasi
Litva Rossiyaga daryo orqali suzib kelgan, siyosiy boshpana so‘ragan rossiyalikni qaytardi. 17-sentabr kuni kunduzgi payt 60 yoshli rossiyalik Nemunada, Pagėgiyai o‘zini o‘zi boshqarish hududida ushlangan. U Kaliningrad viloyatidan suzib kelgan va ushlanganidan keyin siyosiy boshpana so‘ragan: Rossiyada ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi sabab uni ta’qib qilishayotganini aytgan. Bu haqda Lrytas.lt nashri xabar berdi.
Erkak haqidagi ma’lumotlar Litvaning tegishli idoralariga, jumladan Davlat xavfsizligi departamentiga taqdim etildi. Tekshiruvdan so‘ng uni mamlakatga kiritmaslikka qaror qilindi. Chegara xizmati vakili Gedrius Mishutisning so‘zlariga ko‘ra, hokimiyatlar rossiyalikning vatanida unga xavf tug‘diradigan ma’lumotlarni topmagan. O‘sha kunning kechqurun u Panemunė chegara o‘tish joyi orqali Rossiya tomoniga topshirildi.
Litva ichki ishlar vaziri Martinas Katelinas, hokimiyat bunday chegara kesib o‘tish urinishlarini to‘xtatishni niyat qilayotganini, biroq har bir holat alohida ko‘rib chiqilishini aytdi.