Agar Bitcoin va Ethereum odatda eng ko‘p kuzatiladigan 2 ta nom bo‘lsa, bu safar XRP aynan eng tez sur’at bilan o‘sdi.
Bir hafta ichida XRP taxminan 30% ga ko‘tarildi, hatto bitta kunda 20,4% ga ham sakragan. Ayni paytda Ethereum bir haftada taxminan 25% ga o‘sdi, kunlik o‘sish esa taxminan 17,8% ni tashkil etdi.
Bitcoin ham faollashib, bir haftada taxminan 20% va kuniga 10,3% ga ko‘tarildi.
Unda kripto bozori birdaniga nega ommaviy tarzda xarid qilinib ketdi?
Buning ortida bir nechta omil bor.
1. Siyosiy kayfiyat va AQShdagi tartibga solish (regulyatsiya).
Tramp davrida Oq uyda bo‘lib o‘tgan Kripto sammiti (KTT) AQShda kripto aktivlari bo‘yicha kelajak tartibga solish borasida ancha ijobiy signal berdi. Bu esa investorlarning bozorga kirishga ishonchini yanada oshirdi.
2. Institutlar pullari kirib kela boshladi.
Spot Bitcoin ETF’lari taxminan $517 million inflow qayd etdi. Bu bozorga katta hajmda yangi mablag‘ kirib kelayotganini va umuman kripto bozoridagi ijobiy kayfiyatni mustahkamlashga ham yordam berayotganini anglatadi.
3. Makro sharoitlar qo‘llab-quvvatlayapti.
AQSh Moliya vazirligi tomonidan obligatsiyalarni buyback qilish bo‘yicha qilingan siyosat obligatsiya daromadliligini (yield) pasaytirishga yordam berdi. Bunday sharoit yuz berganda, investorlar o‘z mablag‘ining bir qismini ko‘proq xavfli aktivlarga, jumladan kriptoga, o‘tkazishni boshlashi mumkin.
5. Short Squeeze.
Bu hozirgi rally (keskin ko‘tarilish)dagi eng katta yoqilg‘ilardan biri. Taxminan $2,7 milliardga teng short pozitsiyalar likvidatsiya qilindi. Oddiy qilib aytganda, narx tushadi deb garov tikkan ko‘plab treyderlar narx ko‘tarilganda aktivlarini qayta sotib olishga majbur bo‘lishadi. Bu majburiy xarid esa narxni yanada yuqoriga surib yuboradi.
Qiziq tomoni shunda. Hozir Crypto Fear & Greed Index 68 darajada, ya’ni Greed holatida turibdi — bu bozor kayfiyati ancha optimistik ekanini ko‘rsatadi.
Agar bu momentum davom etsa, bozor e’tibor qaratayotgan ba’zi darajalar:
🎯 BTC: $80.000
🎯 ETH: $2.500
🎯 XRP: $1,50
Demak, XRP va kripto bozorining o‘sishi faqat bitta omil tufayli emas. Tartibga solish bo‘yicha kayfiyat, institutlar mablag‘i, makro sharoitlar va short squeeze — bularning hammasi deyarli bir vaqtda yuz berdi.
Xo‘sh, bu endi yangi rallyning boshlanishimi yoki bozor short squeeze tufayli shunchaki haddan tashqari yuqoriga uchyaptimi?