AQShdagi eng yirik chakana savdo tarmog‘i — Walmart aksiyalari 20-avgust kuni premarketda 6% ga tushdi. Bunga qaramay, kompaniya o‘tgan chorakdagi tushum bo‘yicha analitiklar prognozlarini ortda qoldirdi va yillik prognozini oshirdi. Bloomberg hisob-kitobiga ko‘ra, investorlarni AQShdagi taqqoslanadigan savdoning sekinlashgani xavotirga soldi — uning o‘sishi 2,6% bo‘lib, olti yildan ortiq vaqt ichidagi chakana sotuvchining eng past ko‘rsatkichi bo‘ldi. Natijaga davlat tomonidan dori narxlariga qo‘yilgan cheklovlar ham, budjetni tejab sarflashga majbur bo‘lgan xaridorlarning ehtiyotkorligi ham ta’sir qilganini CNBC yozmoqda.

#TurbulentWorldOfStocks