⚠️ “The Odyssey” filmining noqonuniy yuklab olingan nusxasida haqiqiy TROYAN OT yashiringan bo‘lishi mumkin...

Bitdefender ma’lumotlariga ko‘ra, filmning soxta nusxalari HD/WebRip/Blu-ray versiyalari niqobi ostida tarqalmoqda. Biroq film o‘rniga ayrim .exe fayllar ma’lumotlarni o‘g‘irlashga ixtisoslashgan zararli dastur — Lumma Stealer’ni o‘rnatadi.

Ishga tushirilgach, u kriptohamyonlaringiz, parollaringiz, saqlangan ma’lumotlaringiz va seans cookie-fayllaringizni qo‘lga kiritishi mumkin. Bu hatto ikki bosqichli autentifikatsiya bilan himoyalangan akkauntlarni ham egallab olish imkonini berishi mumkin. Ba’zan u VLC’ga o‘xshash belgilar ortiga yashirinadi.