Ilon Mask Twitter spam-botlar, soxta akkauntlar va kompaniyaning moliyaviy ahvoli haqida shaffof ma’lumot bermayotganini aytganidan so‘ng, Tesla bosh direktori va milliarder jozibador taklif bilan chiqdi.

Twitter’ning dastlabki narxi 44 milliard dollar bo‘lgan, kompaniya esa Ilon Maskning uni sotib olish bo‘yicha kelishuvni davom ettirishga tayyor ko‘rinadi. Kecha e’lon qilingan xabarda bitimni har bir aksiya uchun 54,20 dollardan yakunlash niyatida ekanliklari ma’lum qilindi.

Mask taklif qilgan bitim «harakatlarni zudlik bilan to‘xtatib turish», sud jarayonini kechiktirish va kutilayotgan moliyalashtirishni olish sharti bilan tuzilmoqda. Biroq Mask taklif qilinayotgan ko‘p funksiyali X ilovasi qanday bo‘lishini hali e’lon qilgani yo‘q. Ammo kechagi tvitida u: «Twitter X’ni, ehtimol, 3–5 yil ichida ishga tushiradi, lekin adashayotgan bo‘lishim mumkin», deb yozdi.

Bosh direktor spam-botlarga qarshi kurashish uchun blokcheyn texnologiyasidan foydalanishni, Twitter foydalanuvchilaridan tvit yozish yoki retvit qilish uchun 0,1 Dogecoin (DOGE) to‘lashni talab qilishni ko‘rib chiqdi.

“Xabaringizni zanjirga qayd etish uchun ozgina pul to‘lashingiz kerak bo‘ladi, bu spam va botlarning katta qismini yo‘q qiladi. Shikoyat qiladigan hech kim bo‘lmaydi, demak, so‘z erkinligi kafolatlanadi”, deydi Mask telefon suhbatining stenogrammasida. Keyin u blokcheynga asoslangan Twitter hozircha amalga oshishi dargumon degan xulosaga keladi.

Mask ijtimoiy media platformasining yangi egasi bo‘lishi mumkinligi haqidagi xabar Twitter hamjamiyatida bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Bildirilgan turli fikrlar orasida Dogecoin yaratuvchisi Bill Markusning fikri ham bor — u Twitter’da Shibetoshi Nakamoto nomi bilan ham tanilgan. U 1,7 million obunachisiga: “Agar Ilon Mask Twitterni yaxshilasa, Twitter yaxshiroq bo‘ladi”, deb yozdi va qo‘shimcha qildi: “Agar Ilon Mask Twitterni rasvo qilsa, odamlarning Twitter’da aytadigan barcha ahmoqona gaplarini tinglashimizga hojat qolmaydi. Bu har ikki tomonga ham foyda.”

Biroq boshqa foydalanuvchilar bu vaziyatga unchalik optimistik qarashmadi. Ulardan biri “@Twitter’ni qadrlaydigan har qanday odam @elonmuskning unga aloqador bo‘lishini xohlashiga” ishonolmasligini aytdi.

Vaziyat, yuzaga kelgan shov-shuv va bu xabar sabab omma bildirgan bahsli fikrlarga qaramay, Nasdaq ma’lumotlariga ko‘ra, Twitter aksiyalari narxi 22,24 foizga ko‘tarilib, har bir aksiya uchun 52 dollarga yetdi.